MOLIYAVIY RESURSLAR TAQSIMOTI VA O‘QUV JARAYONI SAMARADORLIGI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK
Mazkur maqolada ta’lim tizimida moliyaviy resurslar taqsimoti va o‘quv jarayoni samaradorligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda davlat byudjeti, xususiy investitsiyalar, grantlar va ichki moliyaviy boshqaruv mexanizmlarining ta’lim sifati, o‘quv natijalari va pedagogik samaradorlikka ta’siri o‘rganildi. Empirik tahlil natijalari moliyaviy resurslarning maqsadli va shaffof taqsimlanishi o‘quv jarayonining sifat ko‘rsatkichlarini oshirishini ko‘rsatdi. Shuningdek, moliyalashtirish hajmidan ko‘ra uning samarali boshqaruvi muhimroq ekani aniqlandi. Tadqiqot natijalari ta’lim muassasalarida moliyaviy boshqaruvni takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Сведения
- Журнал
- Innovatsion iqtisodiyot
- Опубликовано
- 2026 · Т. 2, № 2, С. 76-80
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3030-315X
- Издатель
- Karshi State Technical University
- Аффилиации
- Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti