AYOLLAR TADBIRKORLIGI RIVOJLANISHINING HUDUDIY IJTIMOIY-IQTISODIY SAMARADORLIKKA TA’SIRINI KO‘P OMILLI BAHOLASH MODELI
Ushbu maqolada ayollar tadbirkorligining hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi roli hamda uning hududiy samaradorlik ko‘rsatkichlariga ta’sirini aniqlash masalalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda ayollar tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy faollikni oshirish, bandlik imkoniyatlarini kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirishdagi ahamiyatini aniqlashga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot davomida hududiy ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni shakllantiruvchi omillar ularning o‘zaro bog‘liqligi nuqtayi nazaridan guruhlashtirildi hamda ayollar tadbirkorligi rivojlanish holatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar asosida ko‘p omilli baholash yondashuvi ishlab chiqildi. Bunda tadbirkorlik subyektlari soni, moliyalashtirish imkoniyatlari, ayollar bandligi, tadbirkorlikdan olinadigan daromadlar, davlat ko‘magining mavjudligi va biznes infratuzilmasi kabi omillarning hududiy natijalarga ta’siri asosiy mezon sifatida qaraldi. Olingan natijalar ayollar tadbirkorligining rivojlanish darajasi bilan hududning ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni tizimli ravishda baholash imkonini beradi.
Сведения
- Журнал
- Innovatsion iqtisodiyot
- Опубликовано
- 2026 · Т. 11, № 11, С. 28-32
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3030-315X
- Издатель
- Karshi State Technical University
- Аффилиации
- Iqtisodiyot va Pedagogika universiteti Nodavlat ta‘lim muassasasi