UY XO‘JALIKLARI DAROMADLARINI OSHIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Ushbu maqolada mintaqada uy xo‘jaliklari daromadlarini shakllantirish va oshirishning nazariy hamda tashkiliy-iqtisodiy asoslari tadqiq etilgan. Uy xo‘jaliklarining iqtisodiy subyekt sifatidagi faoliyati, daromadlarining asosiy manbalari, ularni diversifikatsiya qilish imkoniyatlari hamda hududiy omillarning uy xo‘jaliklari daromadlariga ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda aholi daromadlarini oshirish, bandlikni ta’minlash, oilaviy tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilishni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar tahlil qilingan. Mintaqalar bo‘yicha aholi jon boshiga umumiy daromadlar dinamikasi asosida hududlar o‘rtasidagi tafovutlar ko‘rib chiqilib, uy xo‘jaliklari daromadlarini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Сведения
- Журнал
- Innovatsion iqtisodiyot
- Опубликовано
- 2026 · Т. 10, № 10, С. 30-33
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3030-315X
- Издатель
- Karshi State Technical University
- Аффилиации
- Karshi State Technical University