Central AsianResearch Index

Kichik biznesda integral xavf indeksi asosida erta ogohlantirish tizimi

Maqolada kichik biznes subyektlarida moliyaviy diagnostika natijalarining boshqaruv qarorlari bilan bog‘lanmay qolayotgani muammosi tahlil qilingan. Muallif tomonidan “moliyaviy ma’lumot – indikator – integral baho – xavf signali – boshqaruv qarori – qayta monitoring” zanjiriga asoslangan erta ogohlantirish tizimi, ko‘rsatkichlarni qiyoslash guruhi medianasi va kvartillararo oralig‘i bo‘yicha standartlashtirishga asoslangan integral xavf indeksi hamda xavf chegaralarini tarmoq, ko‘lam va hayotiy sikl bosqichi bo‘yicha tabaqalashtirish yondashuvi ishlab chiqilgan. Indeksni nisbiy baho va mutlaq kritik qoidalar bilan to‘ldiruvchi ikki qatlamli signal mexanizmi hamda xavf darajasi va manbasiga mos antikrizis qarorlari matritsasi taklif etilib, ularning qo‘llanilishi mehmonxona korxonalari ma’lumotlari asosida sinovdan o‘tkazilgan.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 10, № 10, С. 240-245
Язык
Узбекский
ISSN
3030-315X
Издатель
Karshi State Technical University
Аффилиации
Qoʻqon universiteti