Central AsianResearch Index

O‘SIMLIKCHILIK MAHSULOTLARI YETISHTIRISHNING INNOVATSION RIVOJLANISH DARAJASINI BAHOLASH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada o‘simlikchilik mahsulotlari yetishtirishning innovatsion rivojlanish darajasini baholashning nazariy-uslubiy asoslari tadqiq etilgan. O‘simlikchilik tarmog‘ida innovatsion rivojlanishni kompleks baholashga qaratilgan yondashuvlar, jumladan, Kobb–Duglas ishlab chiqarish funksiyasi, ma’lumotlarni qamrab olish tahlili (DEA), analitik iyerarxiya jarayoni (AHP) va gibrid integral indeksdan foydalanish imkoniyatlari asoslangan. Qashqadaryo viloyatining 11 ta tumani misolida innovatsion xarajatlar ulushi, raqamlashtirish darajasi, hosildorlik va resurs tejovchi texnologiyalardan foydalanish ko‘rsatkichlari asosida hududlarning innovatsion rivojlanish darajasi tahlil qilingan. AHP usuli yordamida baholash mezonlarining vazn koeffitsiyentlari aniqlanib, gibrid indeks asosida tumanlar reytingi shakllantirilgan. Tadqiqot natijalari o‘simlikchilik tarmog‘ining innovatsion rivojlanishidagi hududiy tafovutlarni aniqlash va innovatsion resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan boshqaruv qarorlarini ilmiy asoslash imkoniyatlarini ko‘rsatadi.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 10, № 10, С. 207-216
Язык
Узбекский
ISSN
3030-315X
Издатель
Karshi State Technical University
Аффилиации
Karshi State Technical University