SAMARALI BANDLIKNI TA’MINLASH — KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHNING ASOSIY OMILI SIFATIDA
Mazkur maqolada samarali bandlikni ta’minlashning kambag‘allikni qisqartirishdagi o‘rni va iqtisodiy ahamiyati tadqiq etilgan. Tadqiqotda aholi bandligini oshirish, mehnat resurslaridan samarali foydalanish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, mehnat unumdorligini oshirish va aholi daromadlarini ko‘paytirish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil qilingan. Samarali bandlikning nafaqat ish bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish, balki barqaror va munosib daromad keltiruvchi ish o‘rinlarini shakllantirishga yo‘naltirilishi kambag‘allikni qisqartirishning muhim sharti sifatida asoslangan. Shuningdek, bandlik siyosatini takomillashtirish, kasbiy tayyorgarlikni kuchaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda mehnat bozorining hududiy xususiyatlarini hisobga olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Сведения
- Журнал
- Innovatsion iqtisodiyot
- Опубликовано
- 2026 · Т. 10, № 10, С. 152-157
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3030-315X
- Издатель
- Karshi State Technical University
- Аффилиации
- “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti