Central AsianResearch Index

BUDJET MABLAG‘LARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARI

Mazkur maqolada budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirishning nazariy, tashkiliy va iqtisodiy jihatlari tadqiq etilgan. Budjet xarajatlarini faqat ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilish darajasi orqali baholash yetarli emasligi, mablag‘larning tejamkorligi, maqsadliligi, natijadorligi, xizmatlar sifati va belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish darajasini birgalikda baholash zarurligi asoslangan. Xalqaro davlat moliyaviy boshqaruvi yondashuvlari va O‘zbekiston Respublikasining budjet qonunchiligi asosida budjet mablag‘larini natijaga yo‘naltirish, samaradorlik indikatorlarini takomillashtirish, monitoringni kuchaytirish hamda baholash natijalarini keyingi budjet qarorlariga qayta bog‘lash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 10, № 10
Язык
Узбекский
ISSN
3030-315X
Издатель
Karshi State Technical University
Аффилиации
Qarshi Davlat Universiteti