TURIZM KORXONALARINING INNOVATSION RIVOJLANISH STRATEGIYASINI SHAKLLANTIRISH VA BIZNES JARAYONLARINI TAKOMILLASHTIRISH MODELI
Mazkur maqolada turizm korxonalarining innovatsion rivojlanish strategiyasini shakllantirish hamda biznes jarayonlarini zamonaviy talablar asosida takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotda turizm korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish, xizmatlar sifatini yaxshilash, mijozlar ehtiyojlariga tezkor moslashish va resurslardan samarali foydalanishni ta’minlashda innovatsion yondashuvlarning o‘rni asoslab berilgan. Innovatsion strategiyani shakllantirish jarayonida korxonaning ichki salohiyati, tashqi bozor muhiti, texnologik imkoniyatlari, iste’molchilar xulq-atvoridagi o‘zgarishlar hamda raqobat omillarini kompleks baholash zarurligi yoritilgan. Shuningdek, biznes jarayonlarini raqamlashtirish, avtomatlashtirish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini optimallashtirish va boshqaruv qarorlarini ma’lumotlarga asoslangan holda qabul qilishning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida turizm korxonalarining innovatsion rivojlanish strategiyasi va biznes jarayonlarini o‘zaro integratsiyalashgan holda boshqarishga asoslangan takomillashtirilgan model taklif etilgan.
Сведения
- Журнал
- Innovatsion iqtisodiyot
- Опубликовано
- 2026 · Т. 10, № 10, С. 57-61
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3030-315X
- Издатель
- Karshi State Technical University
- Аффилиации
- Karshi State Technical University