Central AsianResearch Index

O‘ZBEKISTON SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK VA XUSUSIY SEKTOR RIVOJLANISHINING INSTITUTSIONAL JIHATLARI

Mazkur maqolada O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida xususiy sektor va davlat-xususiy sheriklik (DXSH) mexanizmlarini rivojlantirish jarayonlari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda sog‘liqni saqlash tizimi rivojlanishining “ikkiyoqlama” dinamikasi — institusional islohotlardagi ijobiy o‘zgarishlar bilan bir qatorda saqlanib qolayotgan tarkibiy va institusional cheklovlar — aniqlangan. Maqolada xususiy tibbiy muassasalar sonining jadal o‘sishi, ayrim ixtisoslashgan xizmatlarda xususiy sektorning ustun mavqega ega bo‘lishi hamda statsionar segmentdagi ulushining ortishi tahlil qilingan. Shu bilan birga, davlat xarajatlarining nisbatan past darajasi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovlar ulushining yuqoriligi, majburiy tibbiy sug‘urta tizimining to‘liq joriy etilmagani, hududiy nomutanosibliklar va kadrlar taqchilligi sohaning barqaror rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan asosiy omillar sifatida ko‘rsatib berilgan.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 1, № 1, С. 42-46
Язык
Узбекский
ISSN
3030-315X
Издатель
Karshi State Technical University
Аффилиации
Karshi State Technical University