Central Asian Research Index

ORIENTAL ART AND CULTURE, 2026, т. 7, № 02, с. 187-189

MUSIQANING INSON MA’NAVIY KAMOLOTIDA TUTGAN O‘RNI HAQIDA QOMUSIY OLIMLAR QARASHLARI

M. Rafiqov

Аннотация · Abstract

Mazkur ilmiy maqolada Sharq va islom uyg‘onish davri qomusiy olimlari - Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Imom G‘azzoliy, Alisher Navoiy va boshqa mutafakkirlarning musiqaning inson ma’naviy kamolotidagi o‘rni haqidagi qarashlari chuqur tahlil qilinadi. Allomalarning asarlaridan keltirilgan iqtiboslar asosida musiqaning ruhiy, axloqiy, estetik va tarbiyaviy ahamiyati nazariy jihatdan yoritiladi.

Сведения · Details