Central Asian Research Index

ORIENTAL ART AND CULTURE, 2026, т. 7, № 01, с. 39-46

MADANIY INQIROZ TUSHUNCHASI VA UNING ZAMONAVIY KO‘RINISHLARI

Ozoda Alisher qizi Mahmanazarova, Z. Y.Arislanbayeva

Аннотация · Abstract

Ushbu maqolada madaniy inqiroz tushunchasi falsafiy, tarixiy va zamonaviy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Qadimgi manbalar, xususan Avestoda qayd etilgan maʼnaviy tanazzul belgilarining mazmuni zamonaviy inqiroz nazariyalari bilan solishtiriladi. Shuningdek, I. A. Karimovning maʼnaviy xavfsizlik, milliy o‘zlik va maʼnaviy uyg‘unlik haqidagi qarashlari hamda Sh. M. Mirziyoyevning yangi davr maʼnaviy siyosati doirasida ilgari surilgan konsepsiyalarning madaniy inqirozga qarshi kurashdagi roli yoritiladi. Globallashuv sharoitida yoshlar ongidagi o‘zgarishlar, isteʼmolchilik mentaliteti, axborot xurujlari va milliy identitet muammolari zamonaviy madaniy inqirozning asosiy ko‘rinishlari sifatida ilmiy tahlil qilinadi

Сведения · Details