Central AsianResearch Index

Polipill yurak qon-tomir kasalliklarini oldini olishda: samaradorlik va istiqbollari

Yurak-qon tomir kasalliklari (YuQTK) dunyo bo‘ylab kasallanish va o‘limning yetakchi sabablaridan biri hisoblanadi. Profilaktikaning samaradorligini oshirish maqsadida bir nechta dorivor moddalarni o‘z ichiga olgan polipill konsepsiyasi ilgari surilgan. Ushbu maqolada polipillning birlamchi va ikkilamchi profilaktikadagi o‘rni, uning afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilinadi. Polipill birlamchi profilaktikada arterial gipertenziya, dislipidemiya va tromboz rivojlanishini oldini olish orqali YuQTK xavfini kamaytirishi mumkin. Ikkilamchi profilaktikada esa yurak xuruji va insult kabi holatlarning qayta yuzaga kelish ehtimolini pasaytirishga yordam beradi. Shuningdek, polipill dori qabul qilish tartibini yaxshilash va umumiy iqtisodiy xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi.

Сведения

Опубликовано
2025 · Т. 2, № 1, С. 79-86
Язык
Узбекский
ISSN
3060-4850
Издатель
Republican Specialized Scientific-Practical Medical Center of Cardiology