Central Asian Research Index

Agrobiznes, fan va texnologiyalar, 2026, т. 4, № 10

Agrar sohada barqaror rivojlanish mexanizmlarining xorijiy tajribasi va uni O'zbekiston sharoitiga moslashtirish

Айзада Низаматдиновна Якупова, Ayzada Nizamatdinovna Yakupova, Ayzada Nizamatdinovna Yakupova

Аннотация · Abstract

Maqolada agrar sohada barqaror rivojlanishni qo'llab-quvvatlashning beshta xorijiy modeli – Yevropa Ittifoqi, AQSH, Isroil, Xitoy va Janubiy Koreya tajribasi qiyosiy tahlil qilingan. Har bir model asosiy vositasi, moliyalash manbai, erishilgan natijasi va institutsional shartlari bo'yicha baholangan. Tadqiqot natijasida modellarni to'g'ridan-to'g'ri ko'chirish samarasizligi asoslanib, uch bosqichli moslashtirish filtri taklif etilgan: institutsional muvofiqlik, resurs imkoniyati va tabiiy-iqlimiy mos kelish. Ushbu filtr orqali o'n ikkita xorijiy vosita baholanib, ulardan to'rttasi to'g'ridan-to'g'ri, oltitasi moslashtirilgan holda qo'llanilishi mumkinligi, ikkitasi esa Qoraqalpog'iston sharoitida qo'llanilmasligi aniqlangan. Suv resurslari tanqis mintaqalar uchun Isroil va Xitoy tajribasining ustuvorligi asoslangan.

Сведения · Details