Central Asian Research Index

Agrobiznes, fan va texnologiyalar, 2026, т. 4, № 3

Sabzavotchilikda qo'shilgan qiymat zanjirlarini tasniflashning ilmiy-metodik yondashuvi

Асаль Сайдубалиевна Джамалова, Asal Saydubaliyevna Jamalova, Asal Saydubaliyevna Jamalova

Аннотация · Abstract

Maqolada sabzavotchilikda qo'shilgan qiymat zanjirlarini (QQZ) tasniflashning nazariy va metodologik asoslari ko'rib chiqilgan. Aniqlanishicha, QQZni tipologiyalashga oid mavjud yondashuvlar asosan sanoat tarmoqlari materiallari asosida ishlab chiqilgan bo'lib, agrosanoat oziq-ovqat tizimlarining tarmoq xususiyatlarini yetarli darajada hisobga olmaydi. M. Porterning qiymat zanjiri modeli hamda zamonaviy global qiymat zanjirlari yondashuvlarigacha bo'lgan asosiy ilmiy kontsepsiyalar, jumladan boshqaruv turlari, tarkibiy konfiguratsiya va ishtirokchilarning integratsiya darajasi bo'yicha tipologiyalar tanqidiy tahlil qilindi. Mavjud tasniflarning tizimli cheklovlari aniqlanib, ular tahlil darajalari o'rtasidagi nomuvofiqlik, tarmoqqa xos bo'lmaganlik, statiklik hamda qo'shilgan qiymatni shakllantirish bosqichlarining yetarli darajada tahlil qilinmaganligida namoyon bo'lishi ko'rsatildi. Sabzavotchilikning o'ziga xos xususiyatlarini, jumladan mahsulotning tez buziluvchanligi, ishlab chiqarishning mavsumiyligi va ishlab chiqaruvchilarning parchalanib ketganligini hisobga oluvchi maxsus tasniflash yondashuvini ishlab chiqish zarurligi asoslab berildi.

Сведения · Details