Central Asian Research Index

Agrobiznes, fan va texnologiyalar, 2026, т. 4, № 10

Orolbo'yi mintaqasida xizmat ko'rsatish korxonalarini moslashuvchan (adaptiv) boshqarishning ma'lumotlarga asoslangan modelini takomillashtirish

Хуснора Дилмурод кизи Умарова, Xusnora Dilmurod qizi Umarova, Khusnora Dilmurod qizi Umarova

Аннотация · Abstract

Maqolada Orolbo'yi mintaqasida faoliyat yuritayotgan xizmat ko'rsatish korxonalarini moslashuvchan (adaptiv) boshqarishning ma'lumotlarga asoslangan model tizimi ko'rib chiqiladi. Mintaqada Orol dengizi qurishi bilan bog'liq suv tanqisligi, tuproq sho'rlanishi va aholi bandligidagi qiyinchiliklar xizmat korxonalarining barqaror ishlashiga bevosita ta'sir ko'rsatmoqda. Tadqiqotda adaptiv boshqaruv nazariyasi, xizmat menejmenti va ma'lumotlar tahlili yondashuvlari integratsiyalashtirilib, besh bosqichli boshqaruv sikli taklif etiladi: ma'lumot yig'ish, tahlil, qaror qabul qilish, amalga oshirish va baholash. Model ko'rsatkichlar tizimi orqali korxona faoliyatini doimiy kuzatib borish va qarorlarni tashqi sharoit o'zgarishiga moslashtirish imkonini beradi. Taklif etilgan yondashuv mintaqa xizmat sektori uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanilishi mumkin.

Сведения · Details