Central Asian Research Index

Agrobiznes, fan va texnologiyalar, 2026, т. 4, № 10

MHXS talablari asosida tashqi segmentar hisobotni shakllantirish metodikasi

Учкун Абдухалилович Ширинов, Uchqun Abduxalilovich Shirinov, Uchkun Abdukhalilovich Shirinov

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) talablari asosida tashqi segmentar hisobotni shakllantirish metodikasi tadqiq etilgan. Tashqi segmentar hisobotning investorlar, kreditorlar va boshqa manfaatdor tomonlarni korxonaning turli faoliyat yo'nalishlari hamda geografik segmentlari to'g'risidagi muhim moliyaviy axborot bilan ta'minlashdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda hisobot segmentlarini aniqlash, segmentlarni ajratish mezonlari, segmentlar bo'yicha daromadlar, xarajatlar, aktivlar va boshqa asosiy moliyaviy ko'rsatkichlarni shakllantirish hamda ularni ochib berish tartibi tahlil qilingan. Shuningdek, segmentar axborotning taqqoslanuvchanligi, shaffofligi va ishonchliligini ta'minlashga qaratilgan metodik yondashuvlar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari MHXS talablari asosida tashqi segmentar hisobotni takomillashtirish, korxona faoliyatining alohida segmentlari samaradorligini baholash va manfaatdor tomonlarning iqtisodiy qarorlar qabul qilishi uchun axborot sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Сведения · Details