Central Asian Research Index

Agrobiznes, fan va texnologiyalar, 2026, т. 4, № 10

O‘rmon urug‘chilik uchastkalaridagi qora saksovulning taksatsion ko‘rsatkichlari

Хусен Хамроев, Xusen Xamroyev, Khusen Khamroyev

Аннотация · Abstract

Maqolada cho‘l hududlarida o‘rmon hosil qiluvchi turlardan biri bo‘lgan qora saksovulning urug‘chiligini rivojlantirish maqsadida barpo etilgan maydonlardagi taksatsion ko‘rsatkichlari keltirib o‘tilgan. Tajriba uchun 9 ta o‘rmon urug‘chilik uchastkalari va 2 ta nazorat varianti tanlab olingan bo‘lib, ushbu maydonlardagi qora saksovulning balandligi 202,6-356,9 sm, asosiy tanasining diametri 4,18-9,14 sm, shox-shabba diametri Sh-J yo‘nalishida 114,2-286,4 sm, Shq-G‘ yo‘nalishida 86,6-243,2 sm, shox-shabba maydoni 0,79-5,50 $m^2$ bo‘lganligi aniqlangan.

Сведения · Details