Agrobiznes, fan va texnologiyalar, 2026, т. 4, № 10
Neft-gaz sanoati korxonalarida moddiy xarajatlarning kompleks tahlili
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada neft-gaz sanoati korxonalarida moddiy xarajatlarni kompleks tahlil qilishning nazariy va uslubiy jihatlari tadqiq etilgan. Moddiy xarajatlar tarkibi va dinamikasini baholash, ularning ishlab chiqarish tannarxidagi ulushini aniqlash, xarajatlar o'zgarishiga ta'sir etuvchi omillarni tahlil qilish hamda resurslardan foydalanish samaradorligini baholash masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. Shuningdek, neft-gaz sanoatining qidiruv va qazib olish, transport va saqlash, qayta ishlash hamda sotish bosqichlarida moddiy xarajatlarni tahlil qilishning o'ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Tadqiqot natijasida moddiy xarajatlarni kompleks tahlil qilishni takomillashtirishga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Сведения · Details
- DOI 10.68372/fbqgc398
- Журнал · Journal Agrobiznes, fan va texnologiyalar
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0