Agrobiznes, fan va texnologiyalar, 2026, т. 4, № 10
O'zbekistonda sirkulyar iqtisodiyot mexanizmlari: institutsional asoslar, muammolar va rivojlanish istiqbollari
Аннотация · Abstract
Maqolada O'zbekiston Respublikasida sirkulyar iqtisodiyotning faoliyat mexanizmini joriy etish jarayoni institutsional-huquqiy asoslar va miqdoriy ko'rsatkichlar kesimida har tomonlama tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi – milliy sirkulyar siyosatning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash, uni Yevropa Ittifoqi tajribasi bilan qiyoslash hamda 9R ierarxiyasi nuqtai nazaridan baholashdir. Hujjatlar tahlili, qiyosiy statistik tahlil va institutsional tahlil usullaridan foydalanilgan holda davlat farmonlari, "O'zbekiston – 2030" strategiyasi va sohaviy agentlik ma'lumotlari o'rganildi. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, mexanizmning institutsional bloki (normativ baza, ixtisoslashgan agentlik, soliq imtiyozlari, raqamli billing) jadal shakllantirilmoqda, biroq zanjirning yuqori bo'g'inlari – ekodizayn, ishlab chiqaruvchining kengaytirilgan mas'uliyati va ta'mirlash infratuzilmasi – hali yetarli rivojlanmagan. Milliy 65 foizlik qayta ishlash maqsadi Yevropa Ittifoqining 2035-yilgi maqsadiga tengligi aniqlandi. Statistik bazaning uyg'unligi muammosi va uni bartaraf etish yo'llari alohida tahlil qilingan.
Сведения · Details
- DOI 10.68372/da0x9p91
- Журнал · Journal Agrobiznes, fan va texnologiyalar
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0