Central Asian Research Index

Agrobiznes, fan va texnologiyalar, 2026, т. 4, № 10

O'zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirishning hududiy xususiyatlari va iqtisodiy samaradorligini oshirish

Рухсора Расульжон кизи Хасанова, Ruxsora Rasuljon qizi Xasanova, Rukhsora Rasuljon qizi Khasanova

Аннотация · Abstract

Maqolada O'zbekiston hududlarida elektron tijorat rivojlanishidagi tafovutlar va ularning iqtisodiy samaradorlikka ta'siri o'rganilgan. Tadqiqot maqsadi - hududiy xususiyatlarni aniqlash va iqtisodiy samaradorlikni oshirish yo'nalishlarini asoslash. Statistik, qiyosiy va guruhlash usullari qo'llanilgan. Natijalarga ko'ra, hudud elektron tijorat faolligi bo'yicha uch guruhga ajraldi: yuqori (Toshkent shahri va viloyati), o'rta (yirik viloyat markazlari) va past faollikdagi hududlar. Asosiy cheklovlar: "oxirgi mil" logistika xarajatlari, raqamli infratuzilma tafovuti va raqamli savodxonlik darajasi. Samaradorlikni oshirish uchun differensial hududiy siyosat, pickup-punktlar tarmog'ini kengaytirish, onlayn to'lovlarni rag'batlantirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni platformalarga jalb qilish taklif etiladi.

Сведения · Details