Central Asian Research Index

Agrobiznes, fan va texnologiyalar, 2026, т. 4, № 10

Zamonaviy bozor sharoitida xizmat ko'rsatish sohasi subyektlarining iqtisodiy barqarorligini ta'minlash strategiyalari

Ихтиёр Нармаматов, Наргиза Шерматова, Ixtiyor Narmamatov, Nargiza Shermatova, Ikhtiyor Narmamatov, Nargiza Shermatova

Аннотация · Abstract

Zamonaviy global beqarorlik va tarkibiy o'zgarishlar sharoitida xizmatlar sohasi subyektlarining iqtisodiy barqarorligini ta'minlash mexanizmlarini takomillashtirish dolzarb masaladir. Tadqiqotda 2020–2025-yillardagi O'zbekiston va xorijiy davlatlar (AQSH, Germaniya, Janubiy Koreya) tajribasi qiyosiy-ekonometrik tahlil va trend modellashtirish orqali o'rganildi. Aniqlangan muammolar yechimi sifatida raqamlashtirish, yashil texnologiyalar va resurs tejamkorligiga asoslangan raqobatbardoshlikni oshirish modeli ishlab chiqildi. Muallif tomonidan kapitallashuvni oshirish, moliyaviy xatarlarni diversifikatsiya qilish va davlat-xususiy sherikligini kengaytirish bo'yicha amaliy tavsiyalar shakllantirildi. Olingan natijalar xizmatlar sohasini rivojlantirishning milliy va mintaqaviy strategiyalarini ishlab chiqishda nazariy hamda amaliy bazani boyitadi.

Сведения · Details