Agrobiznes, fan va texnologiyalar, 2026, т. 4, № 9
G'o'zaning Gossypium hirsutum L. mahalliy navlarida suv tanqisligiga bardoshlilikni morfofiziologik va SSR markerlar asosida kompleks baholash
Аннотация · Abstract
Mazkur tadqiqotda Gossypium hirsutum L. turiga mansub 9 ta mahalliy g'o'za navining suv tanqisligiga bardoshliligi morfologik, biometrik, fiziologik va molekulyar-genetik ko'rsatkichlar asosida kompleks baholandi. Tajriba laboratoriya sharoitida nazorat va suv tanqisligi variantlarida olib borildi. Qurg'oqchilik stressini kuchaytirish maqsadida suv miqdorini cheklash bilan bir qatorda 15% li PEG eritmasidan foydalanildi. O'simliklarning umumiy uzunligi, ildiz uzunligi, umumiy biomassa, ildiz massasi va quruq massa ko'rsatkichlari aniqlandi. Barglarning vaqt davomida og'irlik o'zgarishi, suvni qayta singdirish qobiliyati hamda xlorofill miqdori fiziologik mezon sifatida baholandi. Molekulyar-genetik bosqichda BNL1053, CIR143, BNL1666, BNL1705, NAU2954, NAU2202, NAU2296, NAU2715, BNL3259 va NAU2265 SSR markerlari asosida PCR va agaroz gel elektroforezi o'tkazildi. Natijalarga ko'ra, suv tanqisligi sharoitida barcha navlarda biomassa va quruq massa kamaygan, ayrim navlarda esa ildiz tizimining nisbatan yaxshi saqlanishi kuzatilgan. Kompleks tahlilda Andijon-35, Xorazm-127, C-6524, Buxoro-6 va Ravnaq-2 navlari nisbatan barqaror ko'rsatkichlarni namoyon etdi. BNL1053 va NAU2954 markerlari bo'yicha ayrim allel variantlarining barqaror navlarda uchrashi qayd etildi. Olingan natijalar mahalliy g'o'za genofondini suv tanqisligiga bardoshlilik bo'yicha saralash va markerlarga asoslangan seleksiya uchun boshlang'ich material tanlashda foydalanish mumkinligini ko'rsatadi.
Сведения · Details
- DOI 10.68372/7y4vp508
- Журнал · Journal Agrobiznes, fan va texnologiyalar
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0