Central Asian Research Index

Agrobiznes, fan va texnologiyalar, 2026, т. 4, № 10

Ishlab chiqarish korxonalari raqobatbardoshligini baholashning integral ko'rsatkichini shakllantirish

Ойдин Тулкин кизи Курбанова, Oydin To'lqin qizi Qurbanova, Oydin Tulkin qizi Kurbanova

Аннотация · Abstract

Maqolada ishlab chiqarish korxonalari raqobatbardoshligini baholashning integral ko'rsatkichini shakllantirish metodikasi taklif etilgan. Xalqaro nufuzli jurnallarda qo'llanilayotgan entropiya, CRITIC va TOPSIS usullari birlashtirilib, mintaqaviy etalonga tayangan gibrid model ishlab chiqilgan. Model Milliy statistika qo'mitasi va Xorazm viloyati statistika boshqarmasining 2025-2026-yillar ma'lumotlari asosida 14 hudud misolida aprobatsiyadan o'tkazildi. Natijalarga ko'ra, Xorazm viloyati integral ko'rsatkich bo'yicha 0,224 ball bilan 11-o'rinni egallagan, orqada qolishning qariyb 58 foizi eksport salohiyatining past darajasi bilan izohlanadi. Raqobatbardoshlikni oshirish bo'yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Сведения · Details