Central Asian Research Index

"Adabiy Meros" Scientific Journal, 2026, № 3, с. 4-11

“HAYRAT UL-ABROR” DOSTONIDA MATN VA TASVIR UYG‘UNLIGI: Alisher Navoiy kulliyotining Tehron nusxasi misolida

Gulabza Qarshiyeva

Аннотация · Abstract

Ushbu maqolada XVI asr Buxoro xattotlik maktabining yetakchi namoyandalaridan biri Ibn Abulmakorim Abdulvahhob al-Hijoziy tomonidan 1579–1580-yillarda ko‘chirilgan Alisher Navoiy asarlarining noyob qo‘lyozmalari (Toshkent, inv. №2630 va Tehron, inv. №2191) manbashunoslik, kodikolog va tekstologik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda Tehron qo‘lyozmasidagi “Hayrat ul-abror” dostoniga ishlangan miniatyuralar ilk bor ilmiy muomalaga kiritilib, ularning ikonografik xususiyatlari va adabiy matn bilan badiiy-estetik mushtarakligi tahlil etiladi. Shunga ko‘ra, mazkur tasvirlarning XVI asr Qazvin miniatyura maktabiga mansubligi hamda Navoiy merosining Safaviylar davlatida keng ommalashgani manbalar asosida isbotlangan.

Сведения · Details