MINTAQALARNI STRATEGIK RIVOJLANTIRISHDA MEHNAT BOZORI TARKIBIY OʻZGARISHLARINING SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Maqolada mintaqalarni strategik rivojlantirishda mehnat bozori tarkibiy oʻzgarishlarining samaradorligini baholash yondashuvi ishlab chiqildi. Tarmoqlararo siljish jadalligi, unumdorlikni qayta taqsimlash samarasi va bandlikning rasmiylashuvini birlashtiruvchi uch komponentli tizim taklif etildi. Tizimli yondashuv va dinamik tahlil asosida Oʻzbekistonning 2023-2025-yillardagi mehnat bozori koʻrsatkichlari oʻrganildi. Tahlilda ishsizlikning pasayishi, bandlikning kengayishi va rasmiy sektordagi ijobiy oʻzgarishlar yoritildi. Rasmiylashuv koeffitsiyenti 2025-yilning birinchi yarim yilligida 0,625, uchinchi choragida 0,662 darajasida hisoblandi. Xizmatlar sohasining bandlikni taʼminlashdagi oʻrni hamda mehnat migratsiyasining hududiy ahamiyati muhokama qilindi. Metodikani Namangan viloyatida qoʻllash imkoniyatlari koʻrib chiqildi. Monitoring, kasbiy taʼlim, raqamli koʻnikmalar va rasmiy bandlikni ragʻbatlantirish boʻyicha tavsiyalar shakllantirildi. Ish oʻrinlarini baholashda unumdorlik va ijtimoiy himoyani uygʻunlashtirish zarurati taʼkidlandi.
Сведения
- Журнал
- Marketing Jurnali
- Опубликовано
- 2026 · № 9, С. 219-226
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3060-4621
- Издатель
- "TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC