ELEKTRON TIJORATDA INTEGRATSIYALASHGAN RAQAMLI EKOTIZIM MODELINI SHAKLLANTIRISH
Maqolada elektron tijoratni rivojlantirishda raqamli ekotizim yondashuvining nazariy-uslubiy asoslari hamda oʻzaro integratsiyalashgan platformalarning mijoz xulq-atvoriga taʼsiri tadqiq etilgan. Zamonaviy elektron tijoratda raqobat ustunligi faqatgina onlayn savdo platformasining mavjudligi bilan emas, balki qidiruv, tavsiya, toʻlov, logistika va CRM xizmatlarini yagona raqamli muhitda taqdim etish qobiliyati bilan belgilanishi asoslangan. Tadqiqotda sunʼiy intellektga asoslangan onlayn tavsiya tizimlari, raqamli servis muhiti va mijoz kapitalining mijoz sodiqligiga taʼsir etuvchi hal qiluvchi omillar sifatida tahlil qilingan. Oʻzbekiston ye-tijorat bozorining dolzarb statistik maʼlumotlari (Uzum, Unisavdo va b.) tahlili asosida raqamli ekotizim modeli taklif etilgan.
Сведения
- Журнал
- Marketing Jurnali
- Опубликовано
- 2026 · № 9, С. 167-176
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3060-4621
- Издатель
- "TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC