Central AsianResearch Index

OʻZBEKISTON VA OʻTISH IQTISODIYOTI MAMLAKATLARIDA PUL-KREDIT SIYOSATI VA IQTISODIY OʻSISH

Maqolada pul-kredit siyosati va iqtisodiy oʻsish oʻrtasidagi bogʻliqlik Oʻzbekiston misolida hamda oʻtish iqtisodiyotlari tajribasi kontekstida tahlil qilingan. Tadqiqot 2017-2025 yillar maʼlumotlari asosida olib borilgan boʻlib, unda inflyatsiya darajasi, asosiy stavka, real foiz stavkasi va real yalpi ichki mahsulot oʻsish surʼati oʻrtasidagi statistik aloqalar baholangan. Tahlil natijalari inflyatsiya bilan real YaIM oʻsishi oʻrtasida teskari (r = -0,42), bir yillik lag bilan esa ancha kuchliroq teskari (r = -0,68) bogʻliqlik mavjudligini, real asosiy stavka bilan oʻsish oʻrtasida esaijobiy (r = 0,52) bogʻliqlik kuzatilishini koʻrsatdi. Bu qatʼiy pul-kredit sharoitlarining Oʻzbekistonda tahlil qilingan davrda iqtisodiy oʻsishni boʻgʻmagani, aksincha, dezinflyatsiya jarayoni bilan bir vaqtda oʻsish surʼatining tezlashganini anglatadi. Oʻtish iqtisodiyotlari bilan qiyosiy tahlil inflyatsion targetlash rejimining samaradorligi rejim joriy etilgan yilga emas, balki transmissiya mexanizmning ishlashi, fiskal intizom va inflyatsion kutilmalarning langarlanish darajasiga bogʻliqligini tasdiqlaydi. Maqola soʻngida Oʻzbekiston Markaziy banki uchun beshta aniq tavsiya ishlab chiqilgan.

Сведения

Журнал
Marketing Jurnali
Опубликовано
2026 · № 9, С. 152-166
Язык
Узбекский
ISSN
3060-4621
Издатель
"TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC