KICHIK BIZNESDA INSON KAPITALI VA MEHNAT MUNOSABATLARINING RIVOJLANISHINI INTEGRAL BAHOLASH
Maqolada kichik biznes sohasida inson kapitali va mehnat munosabatlari rivojlanishini integral baholashning nazariy-uslubiy asoslari ishlab chiqilgan. Inson kapitali, mehnat munosabatlari va ulardan foydalanish natijadorligini alohida subindekslar orqali ifodalash, turli o‘lchov birliklaridagi ko‘rsatkichlarni normallashtirish, vaznlash va yagona integral indeksga birlashtirish mexanizmi taklif etilgan. Rasmiy statistik ma’lumotlar integral baholashning makroiqtisodiy kontekstini asoslashda qo‘llanilib, 2025-yilda kichik tadbirkorlikning jami bandlikdagi ulushi 74,9 foizga yetgani inobatga olingan. Korxona darajasida rasmiy statistikada mavjud bo‘lmagan sifat indikatorlari uchun so‘rovnoma va ichki HR ma’lumotlaridan foydalanish nazarda tutilgan. Natijada IKMMRI - inson kapitali va mehnat munosabatlari rivojlanishining integral indeksi, uning chegaralari va diagnostik matritsasi taklif etilgan.
Сведения
- Журнал
- Marketing Jurnali
- Опубликовано
- 2026 · № 9, С. 140-151
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3060-4621
- Издатель
- "TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC