SUNʼIY INTELLEKT ASOSIDA BOSHQARUV SAMARADORLIGINI BAHOLASH INDIKATORLARI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Maqolada sunʼiy intellekt asosida boshqaruv samaradorligini baholash indikatorlari tizimini takomillashtirish masalalari oʻrganildi. Tizimli yondashuv va qiyosiy tahlil asosida texnologik, iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy hamda axborot xavfsizligi mezonlari birlashtirildi. Qashqadaryo viloyati korxonalari misolida qoʻllash uchun indikatorlarning hisoblash formulalari, oʻlchov birliklari va maʼlumot manbalari tizimlashtirildi. Qaror qabul qilish vaqti, xarajatlar tejalishi, mehnat unumdorligi, prognoz aniqligi va mijozlar qoniqishini baholash yoʻnalishlari belgilandi. Normallashtirilgan koʻrsatkichlarni vaznlash orqali umumlashtiruvchi integral indeks taklif etildi. Raqamli vositalardan foydalanish darajasini boshqaruv natijalari bilan birgalikda koʻrib chiqish zarurati asoslandi. Indikatorlarni korxona faoliyati xususiyatlariga moslashtirish, real vaqt monitoringini rivojlantirish va xodimlarning raqamli kompetensiyalarini oshirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Takliflar baholashning izchilligi va amaliy qoʻllanishini taʼminlashga yoʻnaltirildi.
Сведения
- Журнал
- Marketing Jurnali
- Опубликовано
- 2026 · № 9, С. 133-139
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3060-4621
- Издатель
- "TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC