Central AsianResearch Index

YAIM TARKIBINI TAKOMILLASHTIRISH HAMDA YALPI HUDUDIY MAHSULOT VA SANOAT MAHSULOTINING AHOLI DAROMADLARIGA TAʼSIRI

Maqolada Oʻzbekiston yalpi ichki mahsulotining tarmoq tarkibidagi oʻzgarishlar hamda hududiy ishlab chiqarish koʻrsatkichlarining aholi daromadlari bilan bogʻliqligi oʻrganildi. Tadqiqot tarkibiy transformatsiya, iqtisodiy oʻsish va konvergensiya nazariyalariga tayandi. Rasmiy statistik maʼlumotlar asosida qiyosiy, dinamik va indeks tahlili qoʻllanildi. Oʻn toʻrtta hudud boʻyicha Pirson va Spirmen korrelyatsiya koeffitsiyentlari hisoblanib, natijalarning ayrim yuqori koʻrsatkichli hududlarga sezgirligi tekshirildi. Tahlilda xizmatlar ulushining kengayishi, aholi jon boshiga mahsulotning oʻsishi hamda hududiy mahsulot va sanoat ishlab chiqarishining daromadlar bilan ijobiy bogʻliqligi qayd etildi. Yuqori qoʻshilgan qiymatli tarmoqlar, inson kapitali, texnologiyalar va hududiy tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha takliflar shakllantirildi. Tavsiyalar hududlarning ishlab chiqarish imkoniyatlaridan foydalanish, iqtisodiy tafovutlarni qisqartirish va aholi farovonligini oshirishga yoʻnaltirildi.

Сведения

Журнал
Marketing Jurnali
Опубликовано
2026 · № 9, С. 121-132
Язык
Узбекский
ISSN
3060-4621
Издатель
"TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC