Central AsianResearch Index

NOTIJORAT TASHKILOTLARIDA MOLIYALASHTIRISH MANBALARINING MAQBUL TARKIBINI SHAKLLANTIRISH YONDASHUVLARI

Maqolada notijorat tashkilotlarida moliyaviy resurslar manbalarining maqbul tarkibini shakllantirish masalalari oʻrganilgan. Daromad manbalarining haddan tashqari konsentratsiyasi moliyaviy qaramlikni kuchaytirishi, mexanik diversifikatsiya esa boshqaruv va tranzaksiya xarajatlarini oshirishi mumkinligi asoslangan. 2026-yildagi davlat grantlari tanlovlari boʻyicha ochiq maʼlumotlar grant resursiga kirishning tanlovlar kesimida keskin farq qilishini koʻrsatadi. Moliyaviy resurslar tarkibini baholashda Herfindahl-Hirschman indeksi, eng yirik manba ulushi va ichki manbalar hissasini birgalikda qoʻllashga asoslangan ssenariyli yondashuv taklif etilgan. Maqbul tarkib universal foizlar toʻplami emas, balki tashkilotning faoliyat turi, risk profili va likvidlik ehtiyojiga mos moliyaviy chegaralar tizimi sifatida talqin qilinadi.

Сведения

Журнал
Marketing Jurnali
Опубликовано
2026 · № 9, С. 105-111
Язык
Узбекский
ISSN
3060-4621
Издатель
"TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC