Central AsianResearch Index

XIZMATLAR SOHASIDA XODIMLAR NATIJADORLIGINI BAHOLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH VA MEHNAT SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI

Maqolada xizmatlar sohasida faoliyat yurituvchi korxonalarda xodimlar mehnat natijadorligini baholash tizimini takomillashtirish va uning iqtisodiy samaradorlikka taʼsiri tadqiq etilgan. Xodim faoliyatini baholashda anʼanaviy koʻrsatkichlardan natijaga yoʻnaltirilgan boshqaruv tizimiga oʻtish zarurati asoslangan. Bunda faoliyatning muhim natijadorlik koʻrsatkichlari (KPI)ni korxonaning strategik maqsadlari, xizmat sifati, mijozlar qoniqishi, mehnat unumdorligi hamda xodimlarning kasbiy rivojlanishi bilan uygʻunlashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan. Tadqiqot natijasida xodim faoliyatini iqtisodiy natijadorlik, xizmat koʻrsatish sifati, operatsion samaradorlik va kasbiy rivojlanish mezonlari asosida kompleks baholash yondashuvi taklif etilgan. Shuningdek, natijadorlik koʻrsatkichlarini ragʻbatlantirish mexanizmlari bilan bogʻlash, raqamli monitoring vositalaridan foydalanish va individual hamda jamoaviy natijalarni oʻzaro muvofiqlashtirish orqali mehnat samaradorligini oshirish yoʻnalishlari ishlab chiqilgan.

Сведения

Журнал
Marketing Jurnali
Опубликовано
2026 · № 9, С. 97-104
Язык
Узбекский
ISSN
3060-4621
Издатель
"TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC