Central AsianResearch Index

AHOLI DAROMADLARIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNI TANLASH VA EKONOMETRIK BAHOLASH

Maqolada aholi daromadlarini tushuntiruvchi omillarni tanlash va ekonometrik baholashning olti bosqichli tartibi ishlab chiqildi. Nazariy asos, o‘lchov manbai, statistik xossalar, multikollinearlik, spetsifikatsiya va diagnostika mezonlari birlashtirildi. O‘zbekistonning 2010-2025-yillardagi milliy ko‘rsatkichlari hamda 14 ta hududning 2021-2025-yillardagi panel ma’lumotlari asosida qiyosiy baholash bajarildi. Darajalar, trend kiritilgan darajalar va birinchi farqlar modellari taqqoslandi. Keltirilgan hisob-kitoblarda birlamchi daromadlar va transfertlar ulushlari o‘rtasidagi chiziqli bog‘liqlik, koeffitsiyentlarning trendga sezgirligi hamda hududiy daromad bilan kambag‘allik o‘rtasidagi manfiy bog‘lanish qayd etildi. Natijalar omillarni tanlashda nazariy mezonlar va statistik tekshiruvlarni uyg‘unlashtirish zaruratini ko‘rsatdi. Diagnostika natijalarini ochiq keltirish, muqobil modellarni qiyoslash hamda mehnat bozori va demografik ko‘rsatkichlar qamrovini kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

Сведения

Журнал
Marketing Jurnali
Опубликовано
2026 · № 9, С. 80-89
Язык
Узбекский
ISSN
3060-4621
Издатель
"TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC