BOJXONA XIZMATLARI SAMARADORLIGINI BAHOLASH VA MARKETING STRATEGIYASINI SHAKLLANTIRISH
Maqolada bojxona xizmatlari samaradorligini baholashning nazariy asoslari umumlashtirildi va marketing strategiyasini shakllantirish mexanizmi asoslandi. Xizmat sifati modellari, bozorga yoʻnaltirilganlik konsepsiyasi hamda davlat xizmatlari mantigʻiga oid ilmiy qarashlar qiyosiy tarzda oʻrganildi. Oʻzbekiston bojxona tizimining xalqaro baholash tizimlaridagi oʻrni Jahon banki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti maʼlumotlari asosida tavsiflandi. Samaradorlikni baholashning institutsional, jarayon va natija bloklaridan iborat uch bosqichli tuzilmasi taklif etildi hamda ushbu tuzilma marketing strategiyasining maqsadli koʻrsatkichlari bilan bogʻlandi. Raqamli platformalar, xavflarni boshqarish tizimi va mijozga yoʻnaltirilgan xizmat modeli oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorlik ochib berildi. Olingan natijalar bojxona organlarining xizmat siyosatini takomillashtirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar bilan yakunlandi.
Сведения
- Журнал
- Marketing Jurnali
- Опубликовано
- 2026 · № 9, С. 68-79
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3060-4621
- Издатель
- "TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC