Central AsianResearch Index

DAVLAT FUQAROLIK XIZMATIDA MERITOKRATIYA TAMOYILINI JORIY ETISHNING AFZALLIKLARI VA INSTITUTSIONAL SHARTLARI

Maqolada davlat fuqarolik xizmatida meritokratiya tamoyilini joriy etishning afzalliklari va ularni taʼminlovchi institutsional shartlar tizimlashtirildi. Tadqiqot tizimli va institutsional yondashuvlar asosida olib borilib, qiyosiy tahlil, kontent-tahlil, umumlashtirish va tasniflash usullaridan foydalanildi. Ilmiy adabiyotlar, xalqaro tavsiyalar va milliy normativ hujjatlar tahlil qilindi. Imkoniyatlar tengligi, sogʻlom kasbiy raqobat, xizmatlar sifatining oshishi va jamoatchilik ishonchi asosiy afzalliklar sifatida ajratildi. Ularning ochiq tanlov, aniq baholash mezonlari, uzluksiz kasbiy rivojlanish, hisobdorlik va odob-axloq institutlari bilan bogʻliqligi asoslandi. Lavozim talablarini oldindan eʼlon qilish, tanlov natijalarini izohlash va malaka oshirishni kasbiy ehtiyojlarga moslashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqildi. Takliflar kadrlar salohiyatini rivojlantirish va davlat xizmatini takomillashtirishga qaratilgan amaliy yondashuvni shakllantirdi.

Сведения

Журнал
Marketing Jurnali
Опубликовано
2026 · № 9, С. 42-47
Язык
Узбекский
ISSN
3060-4621
Издатель
"TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC