Central AsianResearch Index

OʻZBEKISTON QURILISH KORXONALARIDA SIFAT XARAJATLARINI BOSHQARISH VA INTEGRATSIYALASHGAN HISOBOTNI TAKOMILLASHTIRISH

Mazkur maqolada Oʻzbekistondagi qurilish korxonalari faoliyatida sifat xarajatlarini boshqarish va ularni integratsiyalashgan hisobot tizimi orqali yoritish masalalari tadqiq qilingan. Maqolada qurilish sohasidagi «yashirin» sifat xarajatlari (qayta ishlash, nuqsonlarni tuzatish) tahlil qilinib, ularni moliyaviy, ekologik va ijtimoiy koʻrsatkichlar bilan uygʻunlashtiruvchi hisobot modeli taklif etilgan. Taklif etilgan modelning amaliy asoslanganligi qurilish materiallari sanoati korxonalarining 2024-yil yakunlari boʻyicha rasmiy statistik maʼlumotlari hamda bir qator korxonalarda integratsiyalashgan hisobot elementlarini joriy etish tajribasi misolida koʻrsatilgan. Oʻzbekiston Respublikasining shaharsozlikka oid qonunchiligi, MHXS (IFRS) talablari va "Shaffof qurilish" tizimi imkoniyatlari inobatga olingan holda ilmiy xulosalar berilgan.

Сведения

Журнал
Marketing Jurnali
Опубликовано
2026 · № 8
Язык
Узбекский
ISSN
3060-4621
Издатель
"TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC