Central AsianResearch Index

DAVLAT XIZMATLARIGA MERITOKRATIK TAMOYILLARNI JORIY ETISHDA INSTITUTSIONAL YONDASHUVLAR

Maqolada davlat fuqarolik xizmatiga meritokratik tamoyillarni joriy etishning institutsional yondashuvlari tizimlashtirildi va ularning oʻzaro bogʻliqligi nazariy jihatdan asoslandi. Tadqiqot tizimli hamda institutsional yondashuvlar asosida olib borildi. Qiyosiy tahlil, kontent-tahlil, umumlashtirish va tasniflash usullari orqali ilmiy adabiyotlar hamda milliy normativ hujjatlar oʻrganildi. Natijada huquqiy asos, ochiq tanlov, kompetensiya modeli, natijaviy baholash, kasbiy rivojlanish, hisobdorlik va odob-axloq hamda raqamli boshqaruvni qamrab olgan yetti yoʻnalish ajratildi. Ularning amaliy mexanizmlari va kutilayotgan samaralari oʻrtasidagi bogʻlanish koʻrsatildi. Lavozim profillarini ishlab chiqish, tanlovni elektron shaklda yuritish, baholashni xizmat sifati bilan bogʻlash va kasbiy ehtiyojlarga mos taʼlimni tashkil etish boʻyicha tavsiyalar shakllantirildi. Takliflar kadrlar boshqaruvining izchilligi va shaffofligini kuchaytirishga yoʻnaltirildi.

Сведения

Журнал
Marketing Jurnali
Опубликовано
2026 · № 8
Язык
Узбекский
ISSN
3060-4621
Издатель
"TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC