Central Asian Research Index

Marketing Jurnali, 2026, № 7

YENGIL SANOATNI YANADA RIVOJLANTIRISH VA TAYYOR MAHSULOTLAR ISHLAB CHIQARISHNI RAGʻBATLANTIRISHNING MOLIYAVIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Haydarova Shoxista Davronovna

Аннотация · Abstract

Tadqiqotda yengil sanoat korxonalarida moliyaviy modellarni qoʻllashning amaliy ahamiyati va ularning moliyaviy barqarorlikni baholashdagi imkoniyatlari tahlil qilindi. “Navotir” toʻqimachilik korxonasi misolida Altman Zʼ', Springate, Zmijewski va Higgins modellari asosida moliyaviy holat, inqiroz xavfi hamda barqaror oʻsish imkoniyatlari baholandi. Hisob-kitoblar turli modellarning bir korxona boʻyicha farqli natijalar berishini koʻrsatdi. Shu bois mahalliy tarmoq xususiyatlarini hisobga olgan koeffitsiyentlarni shakllantirish, modellarni kompleks qoʻllash va konsensus qoidasidan foydalanish zarurligi asoslandi. Natijalar moliyaviy qarorlarni aniqlashtirish, risklarni oldindan baholash va resurslardan samarali foydalanishga xizmat qilgani koʻrsatildi. Kredit yukini boshqarish, foiz xarajatlarini optimallashtirish va moliyaviy koʻrsatkichlarni muntazam monitoring qilish korxona barqarorligini mustahkamlashi qayd etildi va boshqaruv sifatini oshirgani.

Сведения · Details