Central AsianResearch Index

MINTAQALARNING INVESTITSION JOZIBADORLIGIGA TAʼSIR ETUVCHI HUDUDIY OMILLAR TIZIMI

Maqolada mintaqalarning investitsion jozibadorligiga taʼsir etuvchi hududiy omillar yaxlit tizim sifatida oʻrganildi va ularning tasnifi asoslandi. Muallif tabiiy-resurs, iqtisodiy-infratuzilmaviy, institutsional-huquqiy hamda inson kapitali guruhlari oʻrtasidagi oʻzaro taʼsir mexanizmini ochib berdi. Xalqaro baholash tizimlarining omil tarkibi qiyosiy tarzda koʻrib chiqildi va hududiy darajaga moslashtirish shartlari belgilandi. Oʻzbekiston mintaqalari boʻyicha rasmiy statistik maʼlumotlar asosida umumiy investitsiya hajmi bilan xorijiy kapital oqimi oʻrtasidagi tarkibiy tafovut aniqlandi. Olingan natijalar hududiy investitsiya siyosatida ustuvor omillarni tanlash, mintaqaviy raqobat ustunliklarini shakllantirish va investitsiya taklifini ixtisoslashtirish uchun uslubiy asos yaratdi.

Сведения

Журнал
Marketing Jurnali
Опубликовано
2026 · № 7
Язык
Узбекский
ISSN
3060-4621
Издатель
"TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC