Central AsianResearch Index

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XALQARO TOVAR DERIVATIVLARI ASOSIDA NARX XAVFLARINI XEDJIRLASH INSTITUTSIONAL MEXANIZMLARINI RIVOJLANTIRISH

Mazkur maqolada xalqaro tovar derivativlari asosida narx xavflarini xedjirlashning institutsional mexanizmlarini rivojlantirish ilmiy jihatdan asoslandi. Tadqiqotda korporativ xedjirlash nazariyasi, xalqaro derivativ bozorlarining faoliyati, milliy birja infratuzilmasi hamda narx xavflarini boshqarishning huquqiy va tashkiliy asoslari tizimli ravishda tahlil qilindi. Xedjirlashning huquqiy, infratuzilmaviy, bozor va korporativ qatlamlarini birlashtiruvchi toʻrt bosqichli model ishlab chiqildi. Olingan natijalar eksportyor korxonalarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, investitsiya rejalashtirish sifatini oshirish, narx xavflarini kamaytirish va xalqaro birja tizimlariga integratsiyalashuvni rivojlantirish imkoniyatlarini koʻrsatdi. Taklif etilgan mexanizm amaliy boshqaruv uchun ishonchli ilmiy asos yaratdi.

Сведения

Журнал
Marketing Jurnali
Опубликовано
2026 · № 7
Язык
Узбекский
ISSN
3060-4621
Издатель
"TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC