Central AsianResearch Index

TURIZM INFRATUZILMASI LOYIHALARINI BOSHQARISHDA LOYIHA PORTFELINI SHAKLLANTIRISH VA USTUVORLASHTIRISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Mazkur maqolada turizm infratuzilmasi loyihalarini boshqarishda loyiha portfelini shakllantirish va ustuvorlashtirish mexanizmlarining nazariy hamda uslubiy asoslari yoritildi. Tadqiqotda loyiha portfelini boshqarish boʻyicha xalqaro tajriba, davlat dasturlarining maqsadli koʻrsatkichlari va koʻp mezonli baholash yondashuvlari qiyosiy tahlil qilindi. Turizm infratuzilmasi loyihalarini strategik muvofiqlik, iqtisodiy samaradorlik, hududiy balans, resurs taʼminoti va barqarorlik mezonlari asosida baholash mexanizmi ishlab chiqildi. Olingan natijalar loyiha portfelini ilmiy asosda shakllantirish, investitsiya resurslaridan samarali foydalanish, hududiy rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash hamda turizm sohasining barqaror oʻsishini taʼminlashga xizmat qilganini koʻrsatdi.

Сведения

Журнал
Marketing Jurnali
Опубликовано
2026 · № 7
Язык
Узбекский
ISSN
3060-4621
Издатель
"TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC