RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI BOZORI MARKETING TADQIQOTLARINI TAKOMILLASHTIRISHNING ILMIY-METODOLOGIK ASOSLARI
Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida oziq-ovqat mahsulotlari bozori marketing tadqiqotlarini takomillashtirishning ilmiy-metodologik asoslari oʻrganildi. Tadqiqot davomida oziq-ovqat bozori rivojlanishining nazariy yondashuvlari, marketing tadqiqotlarining mazmuni va bozorni samarali boshqarishdagi ahamiyati tahlil qilindi. Xorijiy hamda mahalliy ilmiy qarashlar qiyoslanib, oziq-ovqat bozori faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodologik yondashuvlar umumlashtirildi. Tadqiqot natijalari raqamli texnologiyalar va marketing vositalaridan foydalanish bozor konyunkturasini baholash, isteʼmolchilar talabini aniqlash, raqobatbardosh mahsulotlarni shakllantirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etganini koʻrsatdi.
Сведения
- Журнал
- Marketing Jurnali
- Опубликовано
- 2026 · № 7
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3060-4621
- Издатель
- "TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC