MINTAQANING INVESTITSION JOZIBADORLIGI: IQTISODIY MAZMUNI, MOHIYATI VA ILMIY YONDASHUVLAR
Maqolada mintaqaning investitsion jozibadorligi iqtisodiy kategoriya sifatida tadqiq etildi, uning mazmuni va tarkibiy elementlari nazariy jihatdan asoslandi. Investitsion salohiyat, investitsion muhit, investitsion jozibadorlik va investitsion faollik o‘rtasidagi iyerarxik bog‘liqlik aniqlandi. Mavjud ilmiy yondashuvlar qiyosiy tahlil qilinib, lokatsion-eklektik, yangi iqtisodiy geografiya, institutsional-regulyativ, biznes-muhit, integral-indeks va rejim-hududiy yo‘nalishlar bo‘yicha tizimlashtirildi. Xalqaro baholash usullarining mintaqaviy investitsion jozibadorlikni o‘lchashdagi imkoniyatlari baholandi. O‘zbekiston hududlarining investitsiya ko‘rsatkichlari asosida nazariy yondashuvlarning amaliy jihatlari ochib berildi. Tadqiqot natijasida mintaqaviy investitsion jozibadorlikni kompleks baholash, hududiy investitsiya takliflarini ixtisoslashtirish va investitsiya muhitining institutsional barqarorligini mustahkamlash bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqildi.
Сведения
- Журнал
- Marketing Jurnali
- Опубликовано
- 2026 · № 6
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3060-4621
- Издатель
- "TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC