Central AsianResearch Index

AGROTADBIRKORLIK SAMARADORLIGINI BAHOLASH USULLARI ASOSIDA TAHLIL

Mazkur tadqiqotda agrotadbirkorlik subyektlari faoliyati samaradorligini baholashning zamonaviy usullari tahlil qilindi hamda Data Envelopment Analysis (DEA) usulining CCR va BCC modellari amaliy jihatdan qo‘llanildi. Tadqiqot davomida O‘zbekiston va janubiy iqtisodiy hududlarda qishloq xo‘jaligiga yo‘naltirilgan investitsiyalar, mehnat resurslari hamda agrotadbirkorlik subyektlarining rivojlanish dinamikasi o‘rganildi. Fermer xo‘jaliklari misolida texnik va masshtab samaradorligi baholandi, samaradorlikka ta’sir etuvchi omillar aniqlandi. Olingan natijalar resurslardan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va boshqaruv qarorlarini ilmiy asoslash imkoniyatini kengaytirdi. Taklif etilgan yondashuv agrotadbirkorlik subyektlari faoliyatini kompleks baholash uchun amaliy ahamiyat kasb etdi.

Сведения

Журнал
Marketing Jurnali
Опубликовано
2026 · № 6
Язык
Узбекский
ISSN
3060-4621
Издатель
"TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC