TRANSPORTDA XIZMAT KOʻRSATISH SIFATINI OSHIRISH
Mazkur maqolada transport xizmatlari sifatini oshirishga taʼsir etuvchi asosiy omillar ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqotda transport infratuzilmasi, xizmat koʻrsatish jarayonlari, raqamli texnologiyalar, xavfsizlik, boshqaruv tizimi va mijozlar ehtiyojlarining oʻzaro bogʻliqligi baholandi. Oʻzbekiston Respublikasida 2019-2024-yillarda yoʻlovchi tashish koʻrsatkichlari asosida transport xizmatlarining rivojlanish dinamikasi tahlil qilindi. Natijalar transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, raqamli xizmatlarni kengaytirish, xizmat koʻrsatish jarayonlarini takomillashtirish va boshqaruv samaradorligini oshirish transport xizmatlari sifatini sezilarli yaxshilaganini koʻrsatdi. Tadqiqot yakunida transport tizimining barqaror rivojlanishini taʼminlashga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Сведения
- Журнал
- Marketing Jurnali
- Опубликовано
- 2026 · № 6
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3060-4621
- Издатель
- "TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC