Central AsianResearch Index

ISTIQBOLDA MINTAQANING BARQAROR RIVOJLANISHIGA IQLIM OʻZGARISHLARI TAʼSIRINI BAHOLASHNING USLUBIY ASOSLARI

Maqolada istiqbolda mintaqaning barqaror rivojlanishiga iqlim oʻzgarishlari taʼsirini baholashning uslubiy asoslari koʻrib chiqildi. Tadqiqotchi xalqaro metodologik yondashuvlarni - taʼsirlanish, sezgirlik va moslashuv salohiyatidan tashkil topgan zaiflik modelini hamda harakatlantiruvchi kuch-bosim-holat-taʼsir-javob (DPSIR) tuzilmasini yagona tizimga birlashtirdi. Oʻzbekiston misolida kuzatilgan harorat tendensiyalari va suv resurslariga oid tasdiqlangan maʼlumotlar asosida indikatorlarni tanlash, normallashtirish hamda vaznlash tartibi izchil bayon etildi. Taklif etilgan yondashuv nazariy asoslarni amaliy indikatorlar bilan izchil bogʻladi va har bir oʻlchamni tasdiqlangan ochiq manbalarga tayadi. Mintaqaviy darajada iqlim taʼsirini oʻlchaydigan tarkibiy jadval ishlab chiqildi va uning maʼlumot manbalari aniq belgilandi. Olingan natijalar moslashuv siyosatini dalillarga asoslangan tarzda shakllantirishga, monitoring tizimini mustahkamlashga va resurslarni samarali taqsimlashga xizmat qildi. Taklif etilgan uslubiy model mintaqaviy rejalashtirishda amaliy qoʻllanish imkoniyatini namoyish etdi.

Сведения

Журнал
Marketing Jurnali
Опубликовано
2026 · № 6, С. 243-249
Язык
Узбекский
ISSN
3060-4621
Издатель
"TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC
Аффилиации
Qoraqalpoq davlat universiteti “Menejment va iqtisodiyot asoslari” kafedrasi