Central AsianResearch Index

OʻZBEKISTON HUDUDLARINING MUSTAQIL TURIZM JOZIBADORLIGINI KOMPOZIT INDEKS ASOSIDA BAHOLASH

Mazkur tadqiqotda Oʻzbekiston hududlarining mustaqil turizm jozibadorligi kompozit indeks asosida baholandi. Tadqiqotda turistik-resurs salohiyati, joylashtirish infratuzilmasi, transport qulayligi, raqamli koʻrinish, xizmatlarning rasmiylashganlik darajasi va narx qulayligini qamrab oluvchi oltita oʻlcham tizimli ravishda tahlil qilindi. Min-maks normallashtirish va vaznlangan yigʻindi usullari asosida hududlarning jozibadorlik darajasi hisoblandi hamda ular klasterlarga ajratildi. Natijalar raqamli koʻrinish va joylashtirish infratuzilmasi mustaqil turizm jozibadorligini oshirishda muhim omillar ekanligini koʻrsatdi. Taklif etilgan kompozit indeks hududiy turizmni baholash, ustuvor yoʻnalishlarni aniqlash va boshqaruv qarorlarini ilmiy asoslash uchun amaliy imkoniyat yaratdi.

Сведения

Журнал
Marketing Jurnali
Опубликовано
2026 · № 6, С. 260-272
Язык
Узбекский
ISSN
3060-4621
Издатель
"TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC
Аффилиации
Buxoro davlat universiteti