Central AsianResearch Index

OʻZBEKISTONNING XALQARO INDEKS HAMDA IJTIMOIY-IQTISODIY REYTINGLARDAGI OʻRNI VA TENDENSIYALARI

Ushbu maqolada Oʻzbekistonning xalqaro indekslar va ijtimoiy-iqtisodiy reytinglardagi oʻrni va tendensiyalari ekonometrik usullar yordamida tahlil qilingan. Tadqiqotda 2015-2024 yillar uchun yillik maʼlumotlar asosida Inson taraqqiyoti indeksi (HDI), Korrupsiya idroki indeksi (CPI), Global innovatsiya indeksi (GII) va Doing Business reytingi natijaviy oʻzgaruvchilar sifatida qabul qilingan hamda ulardan kompozit indeks tuzilgan. Korrelatsion-regression tahlil yordamida xalqaro reytinglarga taʼsir etuvchi 8 ta ijtimoiy-iqtisodiy omilning taʼsiri baholandi. Tadqiqot natijalari mamlakat reytingini yaxshilash boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun ilmiy asos boʻlib xizmat qiladi.

Сведения

Журнал
Marketing Jurnali
Опубликовано
2026 · № 6, С. 199-212
Язык
Узбекский
ISSN
3060-4621
Издатель
"TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC
Аффилиации
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi