Central AsianResearch Index

ELEKTRON SAVDO MAYDONCHALARIDA MIJOZ QIYMATINI YARATISH VA USHLAB TURISHNING IQTISODIY MEXANIZMLARI

Maqolada elektron savdo maydonchalarida mijoz qiymatini yaratish va uni uzoq muddatda ushlab turishning iqtisodiy mexanizmlarini nazariy jihatdan oʻrganilgan. Xizmat-dominant mantiq, ikki tomonlama bozorlar nazariyasi va mijoz hayotiy qiymati modellariga tayanib, qiymat birgalikda yaratiladigan jarayon ekanini asoslab berildi. Ishda tarmoq effektlari, shaxsiylashtirish hamda sodiqlik dasturlarining mijozni saqlab qolish va daromad oqimini barqarorlashtirishdagi roli ochib berilgan. Tadqiqotchi ochiq va tasdiqlangan xalqaro manbalardagi empirik koʻrsatkichlarni tizimlashtirib, ushlab turish darajasidagi kichik oʻsish ham maydonchaning umumiy qiymatini sezilarli oshirishini koʻrsatdi. Olingan natijalar maydonchalar uchun mijozga yoʻnaltirilgan, maʼlumotga asoslangan va oʻzaro manfaatli qiymat boshqaruvi strategiyasini shakllantirishda amaliy ahamiyat kasb etdi.

Сведения

Журнал
Marketing Jurnali
Опубликовано
2026 · № 6, С. 70-76
Язык
Узбекский
ISSN
3060-4621
Издатель
"TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC