OʻZBEKISTONDA ULGURJI SAVDONI RIVOJLANTIRISHNING MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI
Mazkur maqolada Oʻzbekistonda ulgurji savdoni rivojlantirishning dolzarb muammolari va istiqbollari yoritilgan. Tadqiqot davomida ulgurji savdoning mamlakat iqtisodiyotidagi oʻrni, tovar harakatini tashkil etishdagi ahamiyati hamda ishlab chiqaruvchi va isteʼmolchi oʻrtasidagi vositachilik funksiyalari tahlil qilingan. Ulgurji savdo sohasida mavjud boʻlgan infratuzilmaviy, tashkiliy, huquqiy va iqtisodiy muammolar aniqlanib, ularning taʼminot zanjiri samaradorligiga taʼsiri o‘rganilgan. Marketing faoliyatini takomillashtirish, zamonaviy logistika infratuzilmasini rivojlantirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish, ombor va taqsimot markazlari faoliyatini modernizatsiya qilish hamda investitsion faollikni oshirish orqali ulgurji savdo tizimining raqobatbardoshligini kuchaytirish imkoniyatlari asoslab berilgan.
Сведения
- Журнал
- Marketing Jurnali
- Опубликовано
- 2026 · № 6, С. 114-122
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3060-4621
- Издатель
- "TADBIRKOR VA ISHBILARMON" LLC